
Gunohi Kabiralar 345y2i
eng katta gunohlarning ro'yxati! 5kv6s
App info 5d333i
ment
App description s1a4r
Android App Analysis and Review: Gunohi Kabiralar, Developed by Знание. Listed in Books & reference Category. Current Version Is 1.0, Updated On 28/10/2022 . According to s reviews on Google Play: Gunohi Kabiralar. Achieved Over 532 Installs. Gunohi Kabiralar Currently Has 1 Reviews, Average Rating 5.0 Stars
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYMOlamlar Parvardigori Allohga hamdu sanolar, taqvodorlar peshvosi sayyidimiz Muhammadga salovot va salomlar bo‘lsin!
Ushbu kitobda qaytarilgan va harom qilingan bir qancha ulkan gunohlar – gunohi kabiralar haqida so‘z boradi. Alloh taolo va Uning Rasuli, uni qilishdan qaytargan ishlar gunohi kabiradir.
Alloh taolo gunohi kabiralardan chetlangan kishining kichik gunohlarini kechib yuborishini, so‘ng uni jannatga kirgizishini xabar qiladi: "Agar sizlar man etilgan gunohlarning (Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish, birovni nohaq o‘ldirish kabi) kattalaridan saqlansangizlar, qilgan (kichik) gunohlaringizni o‘chirurmiz va sizlarni ulug‘ manzil – jannatga kiriturmiz" (Niso surasi, 31).
Islom olamining mo‘’tabar olimlari qatorida, shubhasiz, Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon Abu Abdulloh Zahabiy Shofe’iy hazratlarining ham munosib o‘rni bor. Imom Zahabiy hijriy 673 yili Suriyaning Damashq shahrida tavallud topganlar. «Zahabiy» taxallusi u kishiga otalarining kasbiga nisbatan berilgan bo‘lib, «zargarning o‘g‘li» degan ma’noni anglatadi. Hadis ilmi bilan 18 yoshdan shug‘ullanishni boshladilar, Ba’labakka, Hims, Hama, Aleppo, Tripoli, Nabulus, Ramla, Qohira, Iskandariya, Quddus, Hijoz kabi jami o‘ttizta shaharda bo‘ldilar. Ilm tahsili uchun juda ko‘p olimlarning xizmatida turdilar. Ibn Zahiriy, Abarquhiy, Shayxul-Islom Ibn Daqiq Iyd (Imom Zahabiy u kishining oldiga ilm o‘rgangani kelganida, imtihon qilib: «Abu Muhammad Hiloliy kim?» deb so‘ragan, Imom Zahabiy: «Sufyon ibn Uyayna», deb to‘g‘ri javob bergach, Ibn Daqiq Iyd u zotni shogirdlikka qabul qilgan), davrining yetuk hadisshunos olimi Sharafiddin Dimyatiy, Jaloliddin Abu Ma’li Ansoriy kabi olimlardan hadis va fiqh ilmini o‘rgandilar. So‘ng Damashq shahriga qaytib, hadis ilmidan dars berdilar, islom olamida nomlarini mashhur etgan kitoblarini yozdilar. 73 yoshda ko‘z nuridan ayrildilar va ikki yildan so‘ng foniy dunyoni tark etdilar. Uchta farzandi bor edi: qizining ismi Amat Aziz va o‘g‘illari Abdulloh bilan Abu Hurayra Abdurahmon. Abdurahmon keyinchalik hadis ilmi peshvosiga aylanib, Ibn Nasriddin Damashqiy va Ibn Hajar Asqaloniy kabi olimlarga dars berdi, otasidan eshitgan ko‘plab hadislarni rivoyat qildi. Imom Zahabiy 75 yil umr ko‘rdilar, islom olamida hadis ilmining sultoni, qomusiy ilmlarga ega tarixchi, shajarashunos va shayxul islom sifatida nom qozondilar.
Kitob muallifi: Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
Tarjimon: Dilmurod Qo‘shoqov
Muharrir: Ulug‘bek Mutalov
Musahhih: Abdug‘afur Iskandar
We are currently offering version 1.0. This is our latest, most optimized version. It is suitable for many different devices. Free directly apk from the Google Play Store or other versions we're hosting. Moreover, you can without registration and no required.
We have more than 2000+ available devices for Samsung, Xiaomi, Huawei, Oppo, Vivo, Motorola, LG, Google, OnePlus, Sony, Tablet ... with so many options, it’s easy for you to choose games or software that fit your device.
It can come in handy if there are any country restrictions or any restrictions from the side of your device on the Google App Store.